s
About Factory

Pellentesque habitant morbi tristique ore senectus et netus pellentesques Tesque habitant.

Follow Us On Social

 

2022-yil 19-oktabr kuni “Kvarts”da 21-oktabr O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Kvarts” aksiyadorlik jamiyatida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” utkazildi

2022-yil 19-oktabr kuni “Kvarts”da 21-oktabr O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Kvarts” aksiyadorlik jamiyatida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” utkazildi

2022-yil 19-oktabr kuni “Kvarts” aksiyadorlik jamiyatida 21-oktabr O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Kvarts” aksiyadorlik jamiyatida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “Kvarts” A\J rahbariyati, Farg‘ona Davlat Universiteti katta o‘qituvchisi, filologiya fanlari professori Mo‘minov Siddiqjon, “Ruxsor” radiosi boshlovchisi, O‘zLideP Farg‘ona viloyati kengashi “Ayollar bo‘limi” rahbari Shohista Tolipova, O‘zLideP Farg‘ona viloyati kengashi apparat rahbari Halimjon Rahmonov, O‘zliDeP Quvasoy shahar kengashi apparat rahbati Sotvoldiyev Azizbek, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Quvasoy shahar bo‘linmasi rahbari O‘rinboyev Azizbek, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Quvasoy shahar kengashi raisi Ahmad Mustafo, “Isfayram” ro‘znomasi muxbiri G.Murodova  va korxona  ishchi-xodimlaridan 85 nafari ishtirok etdilar.

Tadbirni “Kvarts” aksiyadorlik jamiyatining Ma’naviyat bo‘limi boshlig‘i ochib berdi. Tadbirni  Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilot yetakchisi M.Mirzaxujayeva olib bordi.

Tadbir davomida S.Zohidov S.Mo‘minov, Sh.Tolipova, H.Rahmonovlar o‘zbek tili va adabiyotini rivojlantirish bo‘yicha hukumat tomonidan qabul qilingan Farmon va Qarorlar, ularning ijrosi, o‘zbek tilining tarixi, uning rivoji va bugungi kunda tilimizga bo‘lgan munosabatimiz, tilimizni rivojlantirish va dunyoda  uning mavqeini oshirish borasidagi dolzarb masalalar to‘g‘risida ishchi-xodimlarga kerakli ma’lumotlarni berib o‘tishdi.

Shuningdek, tadbirda “Kvarts” aksiyadorlik jamiyatining ishchi-xodimlaridan M.Shokirjonova, A.Mirzajonova va Z.Savriddinovalar o‘zbek shoirlari Xurshid Davron, Muhammad  Yusuf hamda Erkin Vohidov qalamlariga mansub bo‘lgan, ona tilimizni madh etuvchi she’rlarini ijro etishdi.

Tadbirda  faol ishtirok etgan ishchi-xodimlar va tashkilotchilarga  korxona Kasaba uyushmasi  hamda O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati kengashi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi. Tadbir ishchi-xodimlarda zaruriy  xulosalar bilan birga  katta taasurot  qoldirdi.

Tadbir “Isfayram” ro‘znomasi, “Ruxsor” radiosi keng yoritildi.

 

No Comments

Post A Comment