s
About Factory

Pellentesque habitant morbi tristique ore senectus et netus pellentesques Tesque habitant.

Follow Us On Social

 

2023-yil 9-fevral kuni “Kvarts” аksiyadorlik jamiyatining “Shisha saralash” bo‘limida “Alisher Navoiy siymosi-mangu barhayot” va “Zahiriddin Muhammad Bobur-yor va diyor kuychisi” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

2023-yil 9-fevral kuni “Kvarts” аksiyadorlik jamiyatining “Shisha saralash” bo‘limida “Alisher Navoiy siymosi-mangu barhayot” va “Zahiriddin Muhammad Bobur-yor va diyor kuychisi” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

2023-yil 9-fevral kuni “Kvarts” аksiyadorlik jamiyatining “Shisha saralash” bo‘limida “Alisher Navoiy siymosi-mangu barhayot” va “Zahiriddin Muhammad Bobur-yor va diyor kuychisi” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Ma’naviyat va ma’rif bo‘limi boshlig‘i S.N.Zohidov hamda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi M.Mirzaxujayevalar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida S.Zohidov Alisher Navoiy hayoti va ijodi, uning mamlakatda  bosh  vazir lavozimida bo‘lgan vaqtida xalq farovonligi yo‘lida amalga oshirgan ishlari, yoshlik va o‘spirinlik davrida egallagan bilimlari, o‘zbek tili va adabiyoti ravnaqiga qo‘shgan ulkan hissasi, diniy va falsafiy qarashlari, u tomonidan yozilgan “Xamsa” asari to‘g‘risida ishchi-xodimlarga qiziqarli ma’lumotlar berib o‘tdi. Shuningdek, tadbir davomida A.Navoiyning g‘azallaridan ifodali o‘qish hamda ushbu g‘azallar ma’nosi taxlil etildi.

Shundan so‘ng, Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi M.Mirzaxujayevalar shoh va shoir, buyuk davlat arbobi hamda sarkarda  Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi, xalq farovonligi yo‘lida amalga oshirilgan ishlari, o‘zbek tili va adabiyoti rivojiga qo‘shgan hissasi to‘g‘risida ishchi-xodimlarga qiziqarli ma’lumotlar berib o‘tishdi.

Tadbir ishchi-xodimlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

 

No Comments

Post A Comment