s
About Factory

Pellentesque habitant morbi tristique ore senectus et netus pellentesques Tesque habitant.

Follow Us On Social

 

2023-yil 17-fevral kuni “Kvarts” аksiyadorlik jamiyatida “Kiber xavfsizlik” va “Is gazidan ehtiyot bo‘lish” mavzularida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.

2023-yil 17-fevral kuni “Kvarts” аksiyadorlik jamiyatida “Kiber xavfsizlik” va “Is gazidan ehtiyot bo‘lish” mavzularida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.

2023-yil 17-fevral kuni “Kvarts” аksiyadorlik jamiyatida “Kiber xavfsizlik” va “Is gazidan ehtiyot bo‘lish” mavzularida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Quvasoy ishlar IIB Tergov bo‘limi boshlig‘i Sh.Toirjonov, Quvasoy  ishlar IIB JQB tezkor vakili B.Yusupov, Quvasoy ishlar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i M.Sanyev va noziri E.Erdonov, “Kvarts” aksiyadorlik jamiyati Xavfsizlik xizmati boshlig‘i S.Dadabayev, Soqchilar bo‘limi boshlig‘i A.Axmedov, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i S.Zohidov, Kasaba uyushmasi raisi B.Hasanov, “Kvarts” aksiyadorlik jamiyatining barcha bo‘li va sex boshliqlari hamda 64 nafar ishchi-xodimlar ishtirok etdilar.

Tadbirni “Kvarts” aksiyadorlik jamiyatining Kasaba uyushmasi raisi B.Hasanov ochib, ishchi-xodimlarni tadbir ishtirokchilari bilan tanishtirdi va so‘zni Quvasoy  ishlar IIB xodimlariga berdi.

 Ular buguni kunda xakerlar tomonidan fuqarolarning plastik kartalariga kiberhujumlar uyushtirish va noqonuniy pul mablag‘larini echib olish jinoyatlari oshib borayotgani, kiberhujumlar asosan to‘rt xil yo‘l bilan amalga oshrilayotgani, xakerlarlar foydalanayotgan usullar va ulardan himoyalanish yo‘llari, ushbu jinoyatlarni issiq izidan ochishda yuzaga kelayotgan muammolar hamda kiber xafsizlik xaftaligi to‘g‘risida e’tiborli misollar bilan tadbir qatnashchilariga tushunchalar berib o‘tishdi.

Sundan so‘hg, Quvasoy  ishlar Favqulotda vaziyatlar bo‘lim boshlig‘i M.Sanyev va inspektori E.Erdonovlar ayni vaqtda xonadonlarga etkazib berilayotgan tabiiy gaz bosimida tez-tez uzgarishlar ro‘y berilayotgani bois xonadonlarda yong‘nlar kelib chiqish xavfi ortayotgani va is gazi to‘planib qolishi natijasida fuqarolar zaharlanib vafot etishyotgani, bunday noxush hollarni oldini olish uchun amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar to‘g‘risida e’tiborli misollar bilan ishchi-xodimlarga tushunchalar berib o‘tishdi.

Mutasaddilar tadbir davomida ishichi-xodimlarni qiziqtirgan savollariga javob berib o‘tishdi.

 2023-yil 17-fevral kuni “Kvarts” аksiyadorlik jamiyatida “Kiber xavfsizlik” va “Is gazidan ehtiyot bo‘lish” mavzularida o‘tkazilgan profilaktik tadbir jarayonidan olingan fotolavhalar

No Comments

Post A Comment