Kontentga o‘tish

Sayt test rejimida ishlayapti

Kvarts AJKVARTS AJ
28-oktabr, 2026

«Kvarts» 2026-yil 25-iyunda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi yillik umumiy aksiyadorlar yig‘ilishi to‘g‘risida xabar beradi

Navbatdagi yillik umumiy aksiyadorlar yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida. «Kvarts» AJ Kuzatuv kengashining o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha hamda 2025-yilda Jamiyatni boshqarish bo‘yicha qonunchilikda belgilangan talablarga rioya etilishi va jamiyat korporativ boshqaruv tizimini mustaqil tashkilot tomonidan baholash natijalari to‘g‘risidagi hisoboti. «Kvarts» AJ Boshqaruv raisining 2025-yil uchun moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakunlari va biznes reja ko‘rsatkichlarining bajarilishi to‘g‘risidagi hisoboti. «Kvarts» AJning 2025-yil uchun moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalari bo‘yicha auditorlik tashkilotining xulosasini ko‘rib chiqish. Jamiyat ijro etuvchi organiga 2025-yil uchun SMK (asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari) va SPK (jami samaradorlik ko‘rsatkichlari) bo‘yicha foizlar hisob-kitobi to‘g‘riligini tekshirish yuzasidan auditorlik tashkilotining xulosasini ko‘rib chiqish. Jamiyatning yillik hisoboti, yillik buxgalteriya balansi, «Kvarts» AJning 2025-yil uchun foyda va zararlar schyotlarini tasdiqlash. «Kvarts» AJning 2025-yil yakunlari bo‘yicha olingan sof foydasini taqsimlash. Jamiyatning 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasini tasdiqlash. «Kvarts» AJ Kuzatuv kengashi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida. Jamiyat boshqaruv raisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasining amal qilish muddatini uzaytirish. «Kvarts» AJ ijro etuvchi organi a’zolarini tayinlash. «Kvarts» AJning keyingi yillik umumiy aksiyadorlar yig‘ilishigacha bo‘lgan davrda kundalik xo‘jalik faoliyati jarayonida jamiyat tomonidan kelgusida tuzilishi mumkin bo‘lgan affillangan shaxs bilan bitim (bitimlar)ni ma’qullash. Yig‘ilish 2026-yil 25-iyun kuni soat 11:00 da, Farg‘ona viloyati Quvasoy shahri, Mustaqillik-2a ko‘chasi, «Kvarts» AJ majlislar zalida bo‘lib o‘tadi.

Yillik umumiy aksiyadorlar yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabardor qilish uchun aksiyadorlar reyestri 2026-yil 1-iyunda shakllantiriladi.

Yillik umumiy aksiyadorlar yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega aksiyadorlar reyestri 2026-yil 19-iyunda shakllantiriladi.

Umumiy aksiyadorlar yig‘ilishi ishtirokchilarini ro‘yxatga olish 2026-yil 25-iyun kuni soat 10-00 dan 10-45 gacha o‘tkaziladi.

Aksiyadorlar navbatdagi umumiy yig‘ilishni o‘tkazish bilan bog‘liq materiallar bilan «Kvarts» AJda, Farg‘ona viloyati, Quvasoy shahri, Mustaqillik ko‘chasi, 2a-uy, E-mail: info@kvarts.uz, Gulomjon Mamadjanov otsb@kvarts.uz; tel: +99-893-989-12-34 manzilida tanishishlari mumkin.

Aksiyadorlar o‘zlari bilan pasport, aksiyadorlarning vakillari esa O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq tasdiqlangan ishonchnomani olib kelishlari lozim.